
"Andijon" Dukentdagi yig‘inini "Dinamo"ga qarshi o‘yin bilan yakunlaydi
“Andijon” jamoamizning Duketda olib borayotgan o‘quv-mashg‘uloti ertaga nihoyasiga etadi.
Vakillarimiz mazkur yig‘inning yakuni sifatida ertaga Samarqandning “Dinamo” klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi.
Ushbu bahs “Bunyodkor” akademiyasi maydonida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv boshlanish vaqti 12:00 ga belgilangan.
Ushbu o‘yindan keyin jamoamiz a’zolari qisqa muddatli ta’tilga chiqadilar.
Fikrlar