
Andijon futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari xalqaro turnirda ishtirok etishmoqda
So‘nggi yillarda yurtimizda futbolga, hususan bolalar futboliga katta e’tibor qaratilmoqda. Natijada esa mamlakatimizdan ko‘plab iqtidorli futbolchilar etishib chiqmoqda. Bu o‘rinda Andijon futbol akademiyasining ham o‘rni beqiyos.
Ushbu akademiyaning 2005 va 2006 yillarda tug‘ilgan futbolchilardan iborat "SGS" ShirinGaz jamolari Qozog‘istonning Olmota shahrida tashkil etilgan xalqaro musobaqada ishtirok etishmoqda. Ushbu turnirda Rossiya, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va mezbon Qozog‘istondan jamoalar ishtirok etishmoqda. Musobaqa reglamentiga ko‘ra 2005 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat 12ta jamoa 3ta guruhda, 2006 yilda tug‘ilgan 16ta jamoa esa 4ta guruhda kurash olib boradi.
Ta’kidlash lozimki, 2005 "SGS" ShirinGaz jamoasiga Shoxruh Ishanov, 2006 "SGS" ShirinGaz jamoasiga esa Lochin Guldoevlar murabbiylik qilishmoqda.
2005 yilda tug‘ilgan futbolchilarimiz musobaqadagi ishtiroklarini bugun boshlashadi. Ular ilk turda Bishkekning “Ilbirs” klubiga qarshi maydonga tushishadi. 2005 yilda tug‘ilgan futbolchilar esa bugun Qozog‘istonning “Tsesna” jamoasiga qarshi o‘ynashadi.
24 mart, Olmota
2005. "Ilbirs" (Qirg‘iziston) - AFA "SGS" ShirinGaz (O‘zbekiston)
24 mart, Olmota
2006 . "Tsesna" (Qozog‘iston) - AFA "SGS" ShirinGaz (O‘zbekiston)
Musobaqa 31 martga qadar davom etadi.
Fikrlar