"Andijon" ikki nafar futbolchisini boshqa klublarga ijaraga berdi

  • 24 fevral, 11:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubi yana ikki nafar futbolchisini ijaraga berdi. Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, o‘tgan yili jamoaga qo‘shilgan rossiyalik 19 yoshli hujumchi Luka Zgurskiy Qozog‘istonning “Turon” klubida mavsum oxiriga qadar to‘p suradi.

Shuningdek, yana bir 19 yoshli himoyachi Abubakir Rejabboev esa endilikda Toshkentning “Olimpik” jamoasida to‘p suradi.

Ma’lumot uchun, 2024 yilgi mavsumda Zgurskiy “Andijon” safida Superliga va Kubok bahslarida hammasi bo‘lib, 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Abubakir Rejabboev esa “Andijon” U21 va U19 tarkiblarida 28 ta bellashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol muallifiga aylangan.

Bundan oldinroq "Andijon" tojikistonlik hujumchisi Shaxrom Samievni mavsum oxiriga qadar "Xorazm"ga ijaraga bergandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!