"Andijon" klubi bosh direktorining shartnomasi uzaytirildi

  • 2 iyul, 2024, 08:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birinchi davrani 5-o‘rinda yakunlagan "Andijon" klubi ayni paytda Kubok o‘yiniga tayyorlanmoqda. Jamoa natijalari va o‘yinlari muxlislarini xursand qilmoqda.

Tecno

Kuni kecha klub bosh direktori bilan amaldagi shartnoma uzaytirilganligini klub matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.

"Ma’lumki, o‘tgan yilning 30 oktyabr kuni «Andijon» futbol klubiga bosh direktor sifatida Elbek Abdurauf o‘g‘li Samatov tayinlangandi. 

Endilikda 36 yoshli mutaxassis bilan amaldagi shartnoma 1,5 yilga uzaytirilganligini ma’lum qilamiz. 

Elbek Samatovga klub bosh direktori sifatida olib borayotgan ishlarida omad va muvaffaqiyat tilaymiz", - deyiladi "Andijon" matbuot xizmatining xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!