
"Andijon" klubi matbuot kotibiga nima bo‘lgandi? Klub bayonot berdi
Ijtimoiy tarmoqlardagi "Andijon" klubi matbuot hizmati rahbarining keng tarqalgan videomurojaati bo‘yicha rasmiy bayonoti.
Ma’lumki, “Andijon” futbol jamoasi qishki yig‘inlarning ikkinchi bosqichini Turkiyaning Antalya shahrida 14 kun davomida olib bordi.
Yig‘in davomida matbuot rahbarining sog‘lig‘ida muammolar bo‘lgan va shahardagi shifoxonaga olib borilib, tegishli muolajalar olib borilgan.
Safardan kaytish chog‘ida matbuot rahbari Antalyadan Istanbulga bir soatlik parvoz qilib, etib kelgan.Istanbul aeroportida navbatchi shifokorlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilganda, bemorda qand miqdori me’yordan ortib ketganligi sababli parvozga ruxsat berishmasligini, tegishli muolajalar bilan qayta taxlildan o‘tkazib, bemorning holati barqaror bo‘lgandagina O‘zbekistonga uchirib yuborishlarini bildirishgan. Shundan so‘ng klub rahbariyati klub matbuot rahbari va shifokorini Istanbuldagi shifohonada qoldirgan. Hozirda muntazam ravishda Istanbuldagi shifoxona bilan aloqada bo‘lib, vaziyatni nazorat qilib borilmoqda. Muolajalar dushanba kuniga qadar davom etishi va shundan so‘ng qayta taxlil o‘tkazib, so‘ng O‘zbekistonga uchib kelishlarini ma’lum qilishdi .Barcha muolajalar va tahlillar uchun to‘lovlar klub tomonidan amalga oshirilmoqda.
Klub har bir xodimini himoya qiladi va qadrlaydi.
Fikrlar