"Andijon" legionerlari o‘z terma jamoalariga chaqirildi

  • 21.05.2024 10:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Kelasi oyda FIFA kunlari doirasida milliy terma jamoalar xalqaro maydonlardagi o‘yinlarini o‘tkazadilar va milliy chempionatimizda biroz tanaffus yuzaga keladi. Shu munosabat bilan “Andijon” jamoasi sharafini himoya qilayotgan legionerlar – Shaxrom Samiev hamda Maksim Sarrafga o‘z termalariga taklif etildilar.

Jumladan, Tojikiston terma jamoasi hujumchisi Samiev 3-12 iyun kunlari o‘z termasi ixtiyorida bo‘ladi. Bu vaqt davomida ular JCh-2026 saralashi doirasida “G” guruhidagi ishtirokini davom ettiradilar. 6 iyun kuni Ammanda Iordaniya bilan, 11 iyun sanasida esa Dushanbeda Pokiston termasi bilan muhim uchrashuvlarini o‘tkazadilar.

Darvozabon Maksim Sarraf esa Suriya U20 terma jamoasiga chaqirildi. 19 iyun - 6 iyul kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqada qatnashishadi.

"Andijon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!