"Andijon" murabbiyi "Mash’al"ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?
Hozirgina Coca Cola Superligasining 10-turidan o‘rin olgan “Mash’al” hamda “Andijon” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi. Poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionida kechgan o‘yin 0:0 hisobida nursiz durang bilan yakunlandi.
O‘yindan keyin “burgutlar” katta murabbiyi Diyor Mirzaboev o‘zining uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Balki to‘pni muborakliklar nazorat qilgandir, lekin gol urgan jamoa yutib ketadigan o‘yin bo‘ldi. Umuman olganda, ularda ham, bizda ham etarli vaziyatlar bo‘ldi. O‘ylaymanki durang natija adolatli bo‘ldi.
Bugungi o‘yinni taktikasi qanotdan tezkor hujum uyushtirib, bo‘ydor hujumchilarimizga to‘pni uzatib berish edi, shu bois Abdumannopov va Jamshid Hasanovlarni qanotga qo‘ygandik.

Fikrlar