
"Andijon" safida bu yil kim nechta gol urdi?
“Andijon” futbol klubi “Mavsum-2023”da umumiy hisobda 33 ta gol urdi. Superligada 27 ta, O‘zbekiston Kubogida esa 6 ta gol kiritishga erishdi.
Jamoaning joriy yildagi yaqqol to‘purari shubhasiz albaniyalik legioner Rubin Xebay bo‘ldi. U hammasi bo‘lib raqiblar darvozasiga 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Superliga to‘purarlar ro‘yxatida esa u Dragan Cherandan (13) keyin 12 ta gol bilan ikkinchi bo‘ldi.
“Andijon” safida ko‘p gol urgan futbolchilar orasida Xebaydan keyin Ilhom Alijonov, Suhrob Berdiev va Sardor Abdunabiev hisobida 3 tadan gol mavjud.
Umumiy hisobda jamoaning mavsum mobaynida kiritgan 33 ta gol 10 ta futbolchining hisobiga yozildi.
Mavsum davomida gol urgan futbolchilar ro‘yxati:
Rubin Xebay - 14
Sardor Abdunabiev - 3
Ilhom Alijonov - 3
Suhrob Berdiev - 3
Ildar Mamatkazin - 2
Farhod Sohibjonov - 2
Armin Boshnyak - 2
Sardor Azimov - 2
Levan Arveladze - 1
Bobur Farhodov - 1
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar