
“Andijon” so‘nggi 5 o‘yinning 3 tasida “Neftchi”ni mag‘lub etgan
Ma’lumki ushbu haftada O‘zbekiston Kubogining 1/16 final bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. “Andijon” jamoasi 25 mart, shanba kuni o‘z maydonida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasini qabul qiladi. Bo‘lajak “Vodiy derbisi”ni boshqarish toshkentlik hakamlar guruhiga ishonib topshirildi.
O‘zbekiston Kubogi 1/16 final bosqichi
«Andijon» (Andijon) – «Neftchi» (Farg‘ona)
Bosh hakam: Olim Tolibjonov (Toshkent).
Qanot hakamlari: Farruh Yormuhamedov (Toshkent), Bahodir Bahromov (Toshkent).
Zaxiradagi hakam: Akmal Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Quyida Andijonda o‘tgan oxirgi besh uchrashuv natijalari bilan tanishishingiz mumkin.
09.04.2016. «Andijon» – «Neftchi» 2:1
30.05.2015 «Andijon» – «Neftchi» 0:4
22.06.2014 «Andijon» – «Neftchi» 1:3
29.04.2012 «Andijon» – «Neftchi» 1:0
27.07.2010 «Andijon» – «Neftchi» 1:0
Fikrlar