
"Andijon" Tojikistonda yig‘in boshladi
12 iyuldan o‘z qarorgohida to‘planib ikki kun shug‘ullangan “Andijon” bugundan asosiy bosqich mashg‘ulotlariga kirishdi.
Mavsumning ikkinchi qismiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida jamoa oldindan rejalashtirilganidek, doimiy yig‘in o‘tkazib kelayotgan maskan - Tojikistonning Guliston shahrida joylashgan “Milliy bank”ga qarashli sog‘lomlashtirish sport komleksida bugundan yozgi yig‘inini boshladi.
Klub matbuot xizmatining xabariga qaraganda, Maksim Shatskix boshchiligidagi “Burgutlar” bu erda 26 iyulga qadar o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib boradi.
Mazkur tayyorgarlik davomida Tojikistonning ikkita klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
Fikrlar