
"Andijon" yana Yangierda shug‘ullanadi
Pandemiya tufayli chempionatimizda yana tanaffus e’lon qilinganini bilasiz. Natijada jamoalar o‘z futbolchilariga qisqa muddatli ta’til berishgandi. Asta-sekin klublar yana mashg‘ulotlarga qaytishmoqda.
Jumladan, “Andijon” jamoasi ham 5 avgustdan rejaga muvofiq tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydi. Aytish joizki, bu safar ham andijonliklar yig‘inni Yangierda olib boradilar. Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, “Andijon”ning U-21 jamoasida o‘zini ko‘rsatgan himoyachi Muhammadali Tursunov bilan hujumchi Jamshid Homidov asosiy jamoaning mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Andijon” 9-turdan keyin 5 ta durang va 4 ta mag‘lubiyat qayd etgan holda 5 ochko bilan 12-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar