"Andijon" yangi legioner bilan shartnoma imzoladi
"Andijon" klubi tarkibini kuchaytirishda davom etyapti. Bu safar sloveniyalik 23 yoshli iqtidor egasi Altin Kreziu qo‘shildi va u bilan shartnoma imzolandi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, yarim himoyachi yangi mavsumda “Andijon” sharafini himoya qiladi va jamoaning Antaliyadagi yig‘iniga qo‘shildi.
Ma’lumot uchun, Altin Kreziu 2002 yilning 3 yanvar kuni tavallud topgan.
Futbolchi shu paytga qadar “Triglav” (Sloveniya)”, “Spal” (Italiya), “Torino” (Italiya), “Virton” (Belgiya), “Tabor” (Sloveniya), “Maribor” (Sloveniya) va “Lachi” (Albaniya) jamoalarida faoliyat olib borgan.
Altinning oxirgi klubi “Lachi” bo‘lib, u erda 50 ta uchrashuvda 1 ta gol urgan. Hozirgacha esa faoliyati mobaynida 118 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Fikrlar