"Andijon" yig‘iniga Rossiya va ukrainalik futbolchilar kelib qo‘shiladi
Superligada qolish masalasini hal etgan "Andijon" yangi mavsum uchun raqobatbardosh jamoa tuzish maqsadida o‘z tarkibini kuchaytirmoqda. Andijonliklar safiga rossiyalik va ukrainalik futbolchilar kelib qo‘shilishi kutilmoqda.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, bular Vasiliy Pavlov, Vasiliy Kurko, Rassambek Axmatov, Viktor Karpuxindir.
Vasiliy Pavlov
Tug‘ilgan sanasi: 24.07.1990
Fuqaroligi: Rossiya
Ampluasi: Markaziy hujumchi
Bo‘yi: 1.91m
Transfermarkt saytidagi narxi: 125ming €
To‘p surgan jamoalari: «Yunit Samara», «Akademiya», «Krilya Sovetov 2», «Dachiya Kishinev», «Brann», «Rubin 2», «Ximki», «Teteks Tetovo», «Torpedo Armavir», «Zorkiy», «Ventspils», «Chernomorets".
Vasiliy Kurko
Tug‘ilgan sanasi: 25.04.1995
Fuqaroligi: Ukraina
Ampluasi: Tayanch yarim himoyachisi
Bo‘yi: 1.90m
Transfermarkt saytidagi narxi: 100ming €
To‘p surgan jamoalari: "Metalist Xarkiv 2", "Jemchujina", "Volin Lutsk".
Rassambek Axmatov
Tug‘ilgan sanasi: 31.05.1996
Fuqaroligi: Rossiya
Ampluasi: Markaziy yarim himoyachi
Bo‘yi: 1.70m
Transfermarkt saytidagi narxi: 150ming €
To‘p surgan jamoalari: «Haguenau», «Obernai», «Mayami siti», «Vauban», «Svop park», «Komuna Ritsia».
Viktor Karpuxin
Tug‘ilgan sanasi: 27.12.1989
Fuqaroligi: Rossiya
Ampluasi: Markaziy hujumchi
Bo‘yi: 1.80m
Transfermarkt saytidagi narxi: 150ming €
To‘p surgan jamoalari: «DYuSSh», «Gazovik Orenburg», «Nosta», «Gornyak Uchali», «Oktan», «Volga-Olimpies», «Sizran», «Murom», «Lada D», «Volga Ulyanovsk».

Fikrlar