
"Andijon"da Ulug‘bek Mirzaev o‘rniga vaqtincha bosh direktor tayinlandi!
“Andijon” klubiga vaqtincha bosh direktor tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Andijon” klubi bosh direktori sifatida ishlab kelgan Ulug‘bek Mirzaev bilan ikki tomonlama kelishuvga ko‘ra shartnoma bekor qilingani to‘g‘risida xabar berib o‘tgandik.
Endilikda “Andijon” klubi bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib 1984 yilda tavallud topgan Bexzod Maxammadyusupovich Karimov tayinlandi. Bunga qadar Bexzod Karimov “Andijon” klubi katta ma’muri lavozimida ishlab kelgan.
Fikrlar