
Andijonliklar birinchi, “Navbahor” mehmonmi yoki mezbon? Bu tur kutilmagan holat qayd etildi
14-16 mart kunlari Superligada 2-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Bellashuvlardagi shov-shuvlardan tashqari muxlislar statistikasida ham e’tiborga molik holatlar kuzatildi.
2-tur bahslariga jami 37687 muxlis tashrif buyurdi. Bir o‘yinga o‘rtacha 5384 ishqibozni tashkil qiladi (avvalgi turda stadionlarga 47752 odam kelgandi. Demak, bu safargi bilan solishtirganda 10000ga farq qilmoqda).
Eng ko‘p tomoshabin Andijondagi “Bobur” arenaga to‘g‘ri keldi. Ta’mirdan chiqqan stadiondagi ochilish uchrashuviga 13800 muxlis shohid bo‘ldi.
Eng kam ishqiboz doimgidek Toshkentda qayd etildi. “Paxtakor” ishtirokidagi bahsga 1679 ishqiboz keldi.
Mirjalol Qosimov "Nasaf"ga qarshi uchrashuv, Ro‘ziqul Berdievga qilgan hazili va aprelda kutilayotgan muhim o‘yin haqida
Turning markaziy bellashuvlaridan biri sanalgan, avvalgi o‘yinda 11000dan ortiq muxlis kelgan Qarshidagi “Markaziy” stadioniga bu gal 4852 tomoshabin tashrif buyurdi. Raqib oddiy emasdi, Mirjalol Qosimovning AGMKsi.
Superliga yangi mavsumidagi dastlabki durang qaysi o‘yinda kuzatilganini bilasizmi?
"Navbahor" va "Nasaf" muxlislariga etadigani topilmadi. "Turon" ham chakki emas
E’tiborlisi, Bekoboddagi “Metallurg” – “Bunyodkor” o‘yinini 4910 nafar ishqiboz bevosita arenadan kuzatdi.
Namanganliklar “lokomotivchilar”ga muxlislar tashrifi qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yishdi. “Lochinlar”ni qo‘llab-quvvatlovchilar bu tur mehmondagi uchrashuvni xuddi uydagidek o‘tkazib, statistika bo‘yicha “Loko” o‘yingohining ko‘rsatkichi yaxshi bo‘lishiga katta hissa qo‘shishdi.
Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan eng ko‘p muxlislar ketma-ketligi bilan tanishing:
“Andijon” – “Surxon” 1:0. 13800 tomoshabin
“Lokomotiv” – “Navbahor” 1:2. 5089 tomoshabin
“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” 0:0. 5011 tomoshabin
“Metallurg” – “Bunyodkor” 1:0. 4910 tomoshabin
“Nasaf” – AGMK 1:1. 4852 tomoshabin
“So‘g‘diyona” – “Turon” 1:0. 2346 tomoshabin
“Paxtakor” – “Mash’al” 3:0. 1679 tomoshabin
Fikrlar