
"Navbahor" va "Nasaf" muxlislariga etadigani topilmadi. "Turon" ham chakki emas
9-11 mart kunlari Superligada yangi mavsumning ilk turi o‘tkazildi. Uchrashuvlarning natijalarini saytimiz orqali ma’lum qilib bordik.
Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etmoqdamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislarining statistikasi bilan tanishtiramiz.
Dastlabki turda kutilganidek Namangandagi o‘yinga eng ko‘p muxlis tashrif buyurdi. "So‘g‘diyona"ning "Navbahor" maydonidagi ilk g‘alabasini 17558 odam kuzatdi.
Superligada 1-tur yakunlandi. Turnir jadvali qanday ko‘rinishda? (Foto)
Ikkinchi o‘rindan turning markaziy bahsi o‘rin oldi. Qarshidagi arenaga "Nasaf" - "Paxtakor" bellashuvini tomosha qilish uchun 11812 muxlis keldi.
Eng kam tomoshabin esa Olmaliqda. Dastlabki turning e’tiborga molik qarama-qarshiliklaridan sanalgan AGMK - "Lokomotiv" o‘yiniga 1000 nafar ishqiboz tushdi.
Superliga birinchi turida g‘oliblar va mag‘lublar bo‘ldi, ammo...
Superliga debyutanti "Turon" ilk uchrashuvni "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘tkazdi. Vodiy derbisi 4983 ishqiboz shohidligida o‘tdi.
Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan eng ko‘p muxlislar ketma-ketligi bilan tanishing:
"Navbahor" - "So‘g‘diyona" 0:1. 17558 tomoshabin
"Nasaf" - "Paxtakor" 2:3. 11812 tomoshabin
"Qizilqum" - "Andijon" 1:0. 6451 tomoshabin
"Turon" - "Qo‘qon-1912" 1:2. 4983 tomoshabin
"Surxon" - "Metallurg" 1:0. 4545 tomoshabin
"Bunyodkor" - "Mash’al" 1:0. 1403 tomoshabin
AGMK - "Lokomotiv" 2:1. 1000 tomoshabin
Fikrlar