"Andijon"ning ikki nafar futbolchisi "Turon"da!

  • 16.07.2021 22:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Andijon” klubi yo‘qotishlarga duch kelmoqda. Bungacha Jasur Jaloliddinov, Muhammad Isaev, Martin Boake kabi etakchilar ketishgandi.

Keyinchalik hujumkor yarim himoyachi Doniyor Ismoilov ham huquqiy jihatdan “Turon”ga tegishli bo‘lgani sababli yaypanliklar safiga qaytib ketdi.

ismoilov doniyor

Endi esa “Andijon”ning asosiy posboni Nizomitdin Ziyovutdinov ham “Andijon”ni tark etdi. U ham mavsum avvalida boshqa o‘yinchilar qatori ijaraga olib kelingan. Aniqrog‘i, AGMK klubiga tegishli hisoblanadi. Olmaliqliklar ushbu posbonni qaytarib oldilar va “Turon”ga ijaraga berishga qaror qildilar.

Ma’lumotlarga qaraganda, andijonliklar safiga yangi darvozabonlar qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!