"Andijon"ning ikki nafar sobiq futbolchisi "Buxoro"ga qo‘shildi

  • 27.01.2021 22:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘z oldiga Superligaga qaytish vazifasini qo‘ygan “Buxoro” jamoasi ayni paytda Farg‘onada “Hokim kubogi” musobaqasida ishtirok etyapti. Bosh murabbiy Davron Fayziev bu orqali jamoasining o‘yin sifatini yaxshilashga e’tibor qaratmoqda.

Bundan tashqari, selektsiya ishlari ham davom ettirilmoqda. Sports.uzga ma’lum bo‘lishicha, “Buxoro”ga o‘tgan mavsumni “Andijon”da o‘tkazgan ikki nafar o‘yinchi qo‘shilgan. Bular – Qahramon Bahodirov bilan Azamat Isroilov.

“Andijon” rahbariyati mavsum tugaganidan keyin, ushbu o‘yinchilar bilan shartnomani uzaytirmagandi. Shu bois, futbolchilar klub bilan xayrlashgan. Isroilov bungacha “Qo‘qon-1912”ning mashg‘ulotlarida ham ishtirok etgandi.

Shuni aytish kerakki, Bahodirov bilan Isroilov “Buxoro” mashg‘ulotlarida o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsata olsa, Davron Fayziev ularni jamoada olib qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!