Andrea Pirlo: "Chelsi"ning muammosi murabbiylar bilan bog‘liq emas

  • 31 may, 2019, 18:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Italiyalik mashhur futbol yulduzi Andrea Pirlo hamyurti Mauritsio Sarrining "Chelsi"dagi faoliyati borasida to‘xtalib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” premer-ligada 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi, Liga kubogida finalga qadar etib bordi va “Manchester Siti”ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi hamda Evropa ligasida g‘olib bo‘ldi.

“Sarriga oson emas. Futbolchilarni yangi tizimga moslashtirishi uchun unga vaqt kerak. Men uchun u judayam yaxshi murabbiy, muxlislar bu borada xotirjam bo‘lishlari kerak.

Mening faoliyatimdagi eng yaxshi murabbiy esa bu Konte bo‘lgan. U ham “Chelsi”da ajoyib ishladi, Angliya premer-ligasida va Kubogida g‘olib chiqdi. Balkim unda Roman Abramovich bilan muammolar paydo bo‘lgandir va shu bois Antonio jamoadan ketgandir.

Agar so‘nggi 10 yillikda e’tibor bersangiz, “Chelsi” juda ko‘p murabbiy almashtirganini sezasiz. Muammo murabbiyda emas, klubning o‘zida”, - deydi Pirlo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!