
Andrea Pirlo "Yuventus"ga qaytadi
"Yuventus" va Italiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Andrea Pirlo murabbiylik karerasini boshlashga tayyor.
Janluka di Martsio ma’lumotiga ko‘ra, italiyalik afsonaviy futbolchi "Yuventus" U-23 murabbiylar shtabidan joy oladi. 41 yoshli mutaxassis "keksa sinora" yoshlar jamoasida bosh murabbiy Roberto Baronio yordamchisiga aylanadi.
Pirlo futbolchili faoliyatini 2017 yil "Nyu-York Siti"da yakunlagan edi. U "Yuventus" safida 2011-2015 yillar mobaynida to‘p surgan.
Fikrlar