Andrey Kanchelskis: “Qozog‘istonda ham barchasi O‘zbekistondagi kabi”

  • 13 iyul, 2023, 14:43
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis Qozog‘istoning “Tobol” klubi bosh direktori lavozimida ish boshlaganidan xabaringiz bor. “Navbahor” sobiq ustozi yangi ish o‘rni va “Tobol”dagi rejalari borasida mahalliy nashrga kichik intervyu berdi. Unda futbol mutaxassisi “Tobol”ga futbolni qaytarmoqchi ekanligini yashirib o‘tirgani yo‘q.

Tecno

eosh43eo34shoe

“Konferentsiyalar Ligasi” doirasida “Tobol”ni “Xonki”ga qarshi bahs kutib turibdi. Bu o‘yindan nimalar kutyapsiz?

- Albatta, finlarni engishni istaymiz. Keyingi bosqichga o‘tsak, “Bazel” bilan to‘qnash kelamiz. Barcha bilan to‘p tepishga tayyor bo‘lish lozim. Raqibning kim bo‘lishining umuman farqi yo‘q. Mana hozirgina Atirau shahridan keldik. Juda og‘ir o‘tgan bahsda Qozog‘iston kubogi finaliga yo‘l oldik.

Qandaydir yangi nomlarni klubga taklif etish rejangizda bormi?

- Barcha yo‘nalishlarda ish davom etmoqda. Allaqachon belaruslik Pavel Zabelinning transferini hal qildik. Hozir klubimiz murabbiylar shtabi bilan birgalikda ish olib boryapmiz. Qayzi zonalarni kuchaytirishimiz lozimligi borasida tasavvurga egamiz, ammo futbolchilarni murabbiylar shtabi tanlaydi.

Mashg‘ulot jarayonlarida ishtirok etishni rejalashtiryapsizmi?

- Yo‘q. Bu ishni bajarish vazifasini bo‘yniga olgan murabbiylar shtabi mavjud. Bundan boshqa ishlarim ham ko‘p. E’tiborimni talab etadigan boshqa yumushlar etarlicha. Masalan, bolalar futboli.

Qozog‘iston sizga yoqdimi?

- Barchasi menga qulay. Xuddi O‘zbekistonda bo‘lgani kabi. Endi ishlashimiz lozim. Murabbiylik lavozimi bo‘lmasada, bor kuchim bilan jamoaga naf keltirish uchun harakat qilaman. Asosiysi, futbolga qaytdim. Endi to‘xtab qolish yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!