Andrey Miklyaev: Murakkab uchrashuvda iroda namoyish eta oldik

  • 15 sentabr, 2020, 21:20
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superligasi 15-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Navbahor" uchrashuvi yakunlandi. Unda maydon egalari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar murabbiyi Andrey Miklyaev o‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"Nima ham derdim, juda muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Jamoamiz o‘smoqda, rivojlanmoqda. Albatta, bular Kopadzening kelishi bilan bog‘liq. Tarkibimizda yosh futbolchilar ko‘p. Avlodlar almashinuvi esa yaxshi kechmoqda.

Bunday murakkab uchrashuvda iroda namoyish eta olganimiz yaxshi bo‘ldi. Barcha shogirdlarimga rahmat aytaman. Ular o‘tgan uchrashuvdan beri barcha topshiriqlarimizni bajardi, mashg‘ulotlarga jiddiy kirishdi. Keyingi bahslarda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz."

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!