Andrey Pyatnitskiy "Dinamo"dan ketdi!
Soʻnggi ikki mavsumda «Dinamo» U21 jamoasini boshqargan Andrey Pyatnitskiy bilan amaldagi kelishuv yakuniga yetgach, tomonlar doʻstona xayrlashishdi.
Rossiya va Oʻzbekiston futbolining 58 yoshli afsonasi ikki yil davomida Samarqandda faoliyat olib borib, bir qator yoshlarni kashf etilishiga yordam berdi. Aynan uning qoʻl ostida «Dinamo» U21 jamoasi 2024 yilni bronza medali bilan yakunladi, 2025 yilda esa 10- oʻrinni egalladi.
«Dinamo» PFK Andrey Vladimirovichga ikki yillik samarali hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi va keyingi faoliyatiga omad hamda zafarlar tilab qoladi, - deyiladi klubning rasmiy bayonotida.



Fikrlar