Andrey Shipilov: Bugun mavsumdagi eng yomon o‘yinimizni o‘tkazdik
"Bu yilgi mavsumdagi eng yomon o‘yinimizni o‘tkazdik. O‘yinni qanday ta’riflashni ham bilmayapman. Mag‘lubiyatdagi ayb – to‘laligicha mening zimmamda. Tarkib tanlashda xato qildim. Barchaga o‘ynash imkonini taqdim etishga harakat qilayotgan edim. Namanganda yaxshi o‘ynagan edik.
Lekin undan ko‘ra, Namanganda bunday yomon o‘ynab, bugun uyda g‘alaba qozonsak yaxshiroq bo‘lar edi balkim. “Bunyodkor” esa bugun haqli ravishda g‘alaba qozondi. Vadim Abramov shogirdilari bugun g‘alabaga haqli o‘yin namoyish etishdi", - deb Shipilovning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL rasmiy sayti.
Fikrlar
Суперлигамизнинг Вулверхэмптони????????