
Andrey Shipilov: Shogirdlarim ko‘rsatmalarimni to‘g‘ri bajarishdi
“Metallurg” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Andrey Shipilov o‘yin borasida qisqacha fikr bildirdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.
- Umuman olganda, bugun shogirdlarim ushbu bahs uchun berilgan barcha ko‘rsatmalarni deyarli 99 foizga bajarishdi. Buni yakuniy natija ham aytib turibdi. Qo‘lga kiritilgan 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan butun jamoamizni tabriklayman. Asosiy maqsadimiz keyingiuchrashuvlarda ham faqat va faqat olg‘a intilish, - dedi murabbiy.
Fikrlar