Angliya chempionatining yangi mavsumi muxlislarsiz boshlanadimi? - AFA menejeri javob berdi

  • 24.04.2020 17:22
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya chempionatining 2020/21 mavsum starti koronavirus pandemiyasi tufayli muxlislarsiz boshlanishi mumkin. The Times nashrida yozilishicha, bu haqda Angliya futbolining top-menejerlaridan biri ma’lum qilgan.

- Biz yangi mavsumni muxlislarsiz boshlashimiz mumkin. Bunga ayrim klublar norozi, ba’zilar esa vaziyat tufayli rozi. Biz bu borada rejalar tuzmoqdamiz. Tomoshabinlar yangi mavsum startida stadionlarga borishlari mumkin emas, - dedi ismi oshkor qilinmagan manba.

Demak, APLning nafaqat bu mavsumdagi o‘yinlari, balki yangi davra bahslari muxlislarsiz boshlanishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!