Angliya chempioni Turkiya klubiga o‘tyapti

  • 06.07.2026 12:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Preyer-ligasining amaldagi chempioni “Arsenal” klubining belgilaylik qanot hujumchisi Leandro Trossar tez orada Turkiyaning «Beshiktosh» klubiga o‘tishga yaqin turibdi.

The Athletic ma'lumotiga ko‘ra, tomonlar 20 million evrolik transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan. Uning 18 million evrosi kafolatlangan to‘lov bo‘lsa, yana 2 million evro bonuslar ko‘rinishida to‘lanadi.

Hozirda futbolchining shaxsiy shartnomasi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

31 yoshli Trossarning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. U o‘tgan mavsum 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 11 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Ayni paytda u Belgiya terma jamoasi bilan jahon chempionatida qatnashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!