Angliya chempionligi endi “Manchester Siti”ning qo‘lida

  • 19.02.2026 21:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premyer-ligasida peshqadamlik qilayotgan “Arsenal” 31-turining ko‘chirilgan uchrashuvida chempionat autsayderi “Vulverxempton” mehmoni bo‘lib, qimmatli ikki ochkoni yo‘qotdi.

Mikel Arteta shogirdlari bir soat davomida ikkita gol farqi bilan hisobda oldinda borgan bo‘lsa-da, qolgan daqiqalarda “bo‘rilar” vaziyatni tenglashtirishni uddaladi – 2:2.

Angliyalik sobiq futbolchi Alan Smit “kanonirlar”ning o‘yindagi omadsizligiga munosabat bildirdi.

- Chempionat burilish nuqtasiga yetib keldi. Endi hammasi “Manchester Siti qo‘lida. Premyer-ligada autsayderga qarshi ikki gol farqi bilan yutib turib, g‘alabani boy berish mumkin emas.

Bu “kanonirlar” uchun qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Ko‘pchilik “Arsenal”ni jahonning eng yaxshi jamoasi deydi va haqiqatan ham ularning tarkibi juda kuchli.

Biroq sizda sovuqqonlik va natijaga erishish qobiliyati bo‘lmasa, boshqa ustunliklarning umuman ahamiyati yo‘q”, - dedi Alan Smit.

Ayni paytda “Manchester Siti” bitta o‘yin kam o‘tkazgan holda “Arsenal”dan besh ochkoga ortda qolmoqda. Xosep Gvardiola jamoasi mavsum oxirigacha ochkolar o‘rtasidagi farqni yo‘qqa chiqarish imkoniyati ega. Zotan, “Arsenal” avvalgi yillarda ham bir necha marotaba musobaqa jadvalida peshqadamlik qilib, mavsumning hal qiluvchi pallasida “Manchester Siti” yoki “Liverpul”ni chempionlik taxtiga o‘tkazib yuborgan holatlar kuzatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!