
Angliya Eronni ayab o‘tirmadi, Saka va Taremidan dubl
JCh-2022 guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan Angliya - Eron bahsi yakuniga etdi. Mazkur bahsda inglizlar yirik 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
"Uch sherlar" tarkibida Saka dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Bellingem, Sterling, Reshford bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Forslar tarkibida Mehdi Taremi dublga erishdi.
Shu tariqa, Sautgeyt shogirdlari "B" guruhida yaqqol peshqadamga aylanib oldi.
Fikrlar