Angliya futbol ligasi "Sautgempton"ni pley-offdan chetlatdi

  • 19.05.2026 22:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya futbol ligasi (EFL) “Sautgempton” klubini raqib jamoalar mashg‘ulotlarini noqonuniy tarzda tasvirga olgani uchun joriy mavsum Premer-ligaga chiqish pley-offidan chetlatdi.

Shuningdek, klubdan kelasi — 2026/27 mavsum uchun 4 ochko olib tashlanadi.

Ushbu qarordan so‘ng “Midlzbro” pley-offga qaytarildi va 23 may kuni “Hall Siti”ga qarshi final bahsida ishtirok etadi.

Ma’lum qilinishicha, “Sautgempton” “Oksford”, “Ipsvich” va “Midlzbro”ga qarshi uchrashuvlar oldidan sodir etilgan qoidabuzarliklarni rasm an tan olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!