Angliya grandlari shved futbolchisini talashyapti

  • 16.09.2026 06:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning «Borussiya» jamoasida to‘p surayotgan krayniy himoyachi Daniel Svensson faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Fussballdaten nashri xabariga ko‘ra, 24 yoshli shved futbolchisiga «Arsenal» va «Manchester Yunayted» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, unga Italiya A seriyasining ikki grandi — «Milan» va «Yuventus» ham nazar solib bormoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, «Borussiya» rahbariyati Svensson bo‘yicha 35–40 million yevro miqdoridagi takliflardan kamini ko‘rib chiqish niyatida emas.

Joriy mavsumda Svensson barcha musobaqalar doirasida to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va yana bir golli uzatma muallifiga aylandi.

Shved himoyachisining dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!