
Angliya kichik, Niderlandiya yirik hisobda g‘alaba qozondi
“Evro-2020”ga tayyorgarlik ko‘rayotgan terma jamoalar shu kunlarda so‘nggi nazorat bahslarini o‘tkazmoqda.
Bundan biroz avval Angliya – Ruminiya hamda Niderlandiya – Gruziya terma jamoalari bahsi yakunlandi. Angliya Markus Reshfordning 68-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga g‘alaba qozongan bo‘lsa, Niderlandiya Gruziya darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi. To‘plarni raqib darvozasiga Memfis Depay 10', Vaut Vegorst 55' va Rayan Gravenberx 76' kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya Evropa chempionatini “D” guruhida Xorvatiya, Shotlandiya va Chexiya terma jamoalariga qarshi o‘tkazadi. “C” guruhidan joy olgan Niderlandiyaga Avstriya, Shimoliy Makedoniya hamda Ukraina terma jamoalari raqiblik qiladi.
Fikrlar