Angliya klubi bahaybat darvozabon topib keldi
Angliyaning mashhur klublaridan “Nottingem Forest” Braziliyaning “Korintians” klubi darvozaboni Karlos Migel transferini e’lon qildi.
“O‘rmonchilar” bu golkiper uchun 3,4 million funt sarflagani aytilmoqda.
25 yoshli Migel angliyaliklar bilan 2028 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzoladi. Endi u Angliya Premer-ligasining eng bo‘yi baland a’zosi bo‘ladi. Bahaybat darvozabonning bo‘yi 2 metru 4 santimetrni tashkil qiladi.
Migel 2021 yildan beri “Korintians” darvozasini qo‘riqlab kelayotgan edi. Bu mavsum u 25 ta uchrashuvdan 14 tasida gol o‘tkazmadi.
“Nottingem Forest” sharafini himoya qilish uchun men uchun baxt. Bu stadionni ko‘rishimning o‘zi menga kuch-quvvat bag‘ishladi va tezroq maydonga tugib, yangi jamoamga g‘alaba qozonishiga yordam berish istagi tug‘ildi.
Asosiy maqsadim – futbol tarixida katta iz qoldirgan ushbu jamoaning muhim futbolchisiga aylanish. Men klub muzeyida boshqalar qatori o‘z joyimga ega bo‘lishni xohlayman, - dedi Karlos Migel.

Fikrlar