Angliya klubi “Bavariya” so‘rayotgan futbolchiga ikki baravar narx qo‘ydi
Bundesliganing eng qudratli klubi “Bavariya” Bosniya va Gertsegovina terma jamoasining “Lids”da o‘ynab kelayotgan markaziy himoyachisi Tarik Muharemovichga qiziqish bildirmoqda.
Myunxen klubi 23 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida sotib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, hozirda Angliya klubi bosniyalik futbolchini 60 million funt sterling, ya’ni 70 million yevroga baholamoqda, biroq uni sotishga intilmayapti.
Joriy mavsumda Muharemovich barcha turnirlarda yettita uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, bir gol va bitta golli uzatma qayd etdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar