Angliya klubi birdaniga to‘rt yulduzni oladi

  • 03.05.2026 10:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasining oʻrtamiyona jamoalaridan hisoblangan “Everton” kelasi mavsum uchun yuqori maqsadlarni qoʻydi va tarkibini shunga yarasha kuchaytirib olishga bel bogʻladi.

Mersisaydliklar bu rejasini amalga oshirish uchun toʻrt nafar ingliz futbolchisini transfer nishoniga aylantirdi.

Bosh murabbiy Devid Moyes klub rahbaratini agar jamoa tarkibi biroz kuchaytirilsa, evrokuboklar uchun kurasha olishini maʼlum qildi.

Everton” sport boʻlimi hujum chizigʻi uchun asosiy nomzod sifatida Liam Delapni tanladi. Bu forvard oʻtgan yozda “Chelsi”ga oʻtgan boʻlsa-da, “aristokratlar” jamoasida kutilgan oʻyinni koʻrsata olmadi.

Shuningdek, Moyes asli “Manchester Siti”ga tegishli boʻlgan va bu mavsum jamoada ijara asosida oʻynagan Jek Grilishni yana saqlab qolishni istamoqda. “Everton” pleymeykerni toʻliq transfer qilish boʻyicha ish olib boradi.

Devid Moyes himoya chizigʻi uchun ikki mashhur futbolchi – “Manchester Siti”dan Jon Stounz va “Arsenal”dan Ben Uaytni tanlagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!