Angliya superklubi “el-klasiko”ga keladi. Ularning maxsus rejasi bor

  • 25 oktabr, 08:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining amaldagi g‘olibi “Liverpul” Ispaniya chempionatining o‘ninchi turi doirasida “Santyago Bernabeu”da bo‘ladigan “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi uchrashuvga o‘z vakillarini yuboradi.

Tecno

Liverpullik skautlar “el-klasiko” davomida “Qirollik klubi”ning ikkinchi yarim himoyachisi – Orelen Tchuameni va Eduardo Kamavinganing o‘yinlarini bevosita stadionda kuzatib,  ularning harakatlariga baho berish topshirig‘ini olgan.

Defensa Central nashrining ma’lum qilishicha, “Liverpul” rahbariyati frantsiyalik ikki futbolchini o‘z pozitsiyasi bo‘yicha jahondagi eng zo‘r ijrochilar deb biladi. Angdiya chempionlari Tchuameni va Kamavinga transferi jamoani yuqori maqsadlar uchun kurashishida muhim ahamiyat kasb etishiga ishonmoqda.

Joriy mavsumda La Ligada peshqadamlik qilayotgan “Real” va amaldagi chempion “Barselona” o‘rtasidagi navbatdagi “el-klasiko” 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!