
Angliya Superkubogi uchun "Manchester Siti" va "Liverpul" o‘zaro bahs olib boradi
Joriy yilning 4 avgust kuni “Manchester Siti” va “Liverpul” klublari o‘rtasida Angliya Superkubogi bahsi bo‘lib o‘tadi.
Ta’kidlash kerakki, “shaharliklar” o‘tgan mavsum premer-ligada, Angliya kubogida va Liga kubogida zafar quchishdi. Shu bois ularga chempionatda ikkinchi o‘rinni egallagan mersisaydliklar raqiblik qilishadi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” ushbu sovrinni o‘z tarixida 5 marta, “Liverpul” esa 15 marta qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" - "Liverpul" bahsi 4 avgust kuni Londondagi mashhur "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Fikrlar