
Angliyada o‘tgan mavsumning eng zo‘r futbolchisini aniqlashdi (foto)
Buyuk Britaniya professional futbol assotsiatsiyasi (PFA) o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, “Manchester Siti” o‘yinchisi Fil Fodenni Angliya Premer-ligasining eng yaxshi o‘yinchisi, deb topdi.
24 yoshli futbolchi “Manchester Siti”ning ketma-ket to‘rtinchi marotaba Angliya chempionligini qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shdi.
Foden mavsumda Premer-liganing o‘zida 35 ta uchrashuvda ishtirok etib, 19 ta gol va sakkizta assist qayd etdi.
Umuman olganda esa, Fil barcha turnirlarda 53 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 27 ta gol va 12 ta assist rasmiylashtirdi.
Fodenning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi. Transfermarkt portali o‘yinchini 150 million evroga baholamoqda.
Fikrlar