
Angliyada sport tadbirlariga ruxsat berilishi kutilmoqda. APL qachon qaytishi ham aytildi
The Telegraph nashrining xabariga ko‘ra, Angliya Premer ligasi 12 iyunda boshlanishi mumkin.
Manbaning ma’lum qilishicha, barcha xavfsizlik choralariga amal qilinsa o‘yinlar o‘tkaziladi. Bugun Byuuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson parlamentda mamlakatda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha yo‘l xaritasini taqdim etdi. Ta’kidlanishicha, seshanba kuni sport tadbirlarini qayta tiklash bo‘yicha hukumat qarori e’lon qilinishi kutilmoqda. APL ham 12 iyundan davom ettirilishi mumkin.
Fikrlar