
Angliyadagi asosiy sovringa ega chiqmagan aqlbovar qilmas o‘yinchilar haqida eshitganmisiz?
«ESPN» jurnalisti Mark Ogden Angliya chempionatini hech bo‘lmaganda bir marta bo‘lsa ham yuta olmagan APL yulduzlari terma jamoasini tuzib chiqdi:
Darvozabon: Bred Fridel («Tottenxem», «Liverpul», «Blekbern», «Aston Villa»);
Himoyachilar: Rob Jons («Liverpul»), Jeymi Karrager («Liverpul»), Marsel Desayi («Chelsi»), Styuart Pirs («Manchester Siti»);
Yarim himoyachilar: Garet Beyl («Tottenxem»), Xabi Alonso («Liverpul»), Stiven Jerrard («Liverpul»);
Hujumchilar: Janfarnko Zola (Chelsi), Garri Keyn («Tottenxem»), Luis Suares («Liverpul»).
Mazkur ramziy terma jamoadan joy olgan futbolchilar orasida birgina Garri Keyn hamon APLda to‘p surmoqda va unda omadsizlar termasini tark etish uchun imkoniyat mavjud.
Fikrlar