
Angliyaga “katta” o‘yinchi kelyapti!
“Atletiko”ni tark etishi aniq bo‘lgan urugvaylik hujumchi Luis Suares Angliya premer-ligasiga qaytmoqda. Tajribali to‘purar anchadan beri “Aston Villa” bosh murabbiyi Stiven Jerrard bilan muzokara qilayotgani oshkor bo‘ldi.
Suares va Jerrard o‘z davrida “Liverpul”da birga o‘ynagan.
Suares Madrid klubida ikki mavsum o‘ynaganidan keyin “Barselona”ga qaytishni istagandi. Lekin kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi Ernandes yoshi o‘tgan futbolchiga ehtiyoj yo‘qligini ochiq ta’kidladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 35 yoshli hujumchi oldida bir necha variantlar bor. Lekin Luisning o‘zi “Aston Villa” taklifini qabul qilishga moyil bo‘lib turibdi.
Fikrlar