
Angliyaning ilk golini urgan Bellingemdan ajoyib natija!
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem Eron bilan o‘yinda jamoasining birinchi golini kiritdi. Shu tariqa, u Jahon chempionatida gol urgan Maykl Ouendan keyin eng yosh futbolchiga aylandi.
19 yoshli iqtidor sohibi terma safida 18-o‘yinini o‘tkazdi. Bugungi gol esa Jud uchun dastlabkisi edi.
Bellingem 19 yosh 145 kunligida Angliya bilan mundialda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Faqat Maykl Ouen undan yoshroq paytida shunday natija qayd etgan. Ouen o‘shanda 18 yosh 190 kunlik bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Angliya birinchi bo‘limdan so‘ng Eronni yirik 3:0 hisobida taslim etyapti.
Fikrlar