Anri o‘z xizmatlarini "Anderlext"ga taklif qildi

HLN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, frantsiyalik mutaxassis o‘z xizmatlarini "Anderlext" klubiga taklif qilgan. Anridan tashqari yana ko‘plab murabbiylar bu post uchun da’vogarlik qilmoqda. Terining o‘zi esa "Anderlext" faoliyatni davom ettirish uchun ajoyib joy deb hisoblamoqda.

Xabarda aytilishicha, Bryussel klubi rahbariyati Anri variantini ko‘rib chiqmayapti. Ma’lumot uchun, frantsiyalik mutaxassisning so‘nggi ish joyi "Monako" bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!