Antonelli Xemiltonni ortda qoldirib, Formula-1 tarixidagi eng yosh chempionat yetakchisiga aylandi
"Mersedes" jamoasi sharafini himoya qilayotgan 19 yoshli italyalik Formula-1 poygachisi Andrea Kimi Antonelli Yaponiya Gran-prisidagi gʻalabasidan soʻng, "Qirollik poygalari" tarixidagi eng yosh chempionat yetakchisiga aylandi.
Avvalgi rekordchi "Formula-1"ning yetti karra chempioni, hozirda "Ferrari" sharafini himoya qilayotgan Lyuis Xemilton edi. 2007 yilda “Maklaren” bilan debut mavsumida britaniyalik 22 yosh, toʻrt oy va olti kunligida shaxsiy hisobda birinchilikni qoʻlga kiritdi. Uchinchi oʻrinda 22 yosh-u besh oy-u olti kunligida chempionatda yetakchilik qilgan afsonaviy Bryus Maklaren bormoqda. Toʻrtinchi - Sebastyan Vettel (23 yosh, toʻrt oy va 11 kun).
Ayni damda, Kimi Antonelli 72 ochko jamgʻargan holda jamoadoshi Jorj Rassellni (63 ochko) ortda qoldirmoqda.
19 yoshli Antonelli Yaponiya Gran-prisini yutdi va Formula-1 Jahon chempionati yetakchisiga aylandi

Fikrlar