Antonio Konte: "Biz engilish uchun emas, g‘alaba uchun maydonga chiqdik"
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte "Inter" ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi g‘alabadan keyin jamoasining irodasi haqida gapirdi.
"Men har bir o‘yinni futbolchilarim bilan birga his qilaman. Bugun biz, mening fikrimcha, Italiyaning eng kuchli tarkibiga ega jamoasiga qarshi o‘ynadik. “Inter” ba’zi ochkolarni yo‘qotgan bo‘lishi mumkin, ammo qog‘ozda qolgan barcha jamoalardan ancha yuqori darajada. Bekorga emas, ular so‘nggi uch yil ichida ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqishdi.
Shunday holatda, bizdagi jarohatlarni ham hisobga olganda, bu g‘alaba juda muhim. Balki kimdir bizni duo qilgandir (kuldi), lekin biz baribir olg‘a yurishda davom etamiz. "Inter" bugun sport ruhida bizga zarba berish niyatida maydonga tushdi — ular yaxshi formada edilar va etti o‘yindan beri faqat g‘alaba qozonishgan, biz esa "Torino" va PSVdan yutqazgan edik.
Bunday paytda raqibni "bosib tashlash" kerak bo‘ladi, lekin biz o‘lish uchun emas, g‘alaba uchun maydonga chiqdik. Barcha muammolarga qaramasdan, bugun ajoyib o‘yin namoyish etdik", – dedi Konte "DAZN" telekanaliga bergan intervyusida.



Fikrlar