Antonio Konte qishda yana bir hujumchini "Inter"ga olib kelmoqchi

  • 31 yanvar, 2020, 13:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" qishgi transfer oynasi vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida. Bu haqida jurnalist Janluka Di Martsio xabar bermoqda.

Tecno

"Neradzurrilar" Aleksis Sanchesning jismoniy holati va qolgan hujumchilarning jarohat va diskvalifikatsiya qilinishlari ehtimolini inobatga olgan holda zahira variantini tayyorlab qo‘yishni rejalashtirishgan.

Manbaga ko‘ra, milanliklar "Jenoa" hujumchisi Goran Pandevni "Inter"ga qaytarish bo‘yicha ish olib borishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Pandev "Inter" libosida 2010-2011 mavsumda to‘p surgan va 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol kiritishni uddalagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!