Anvar Berdiev uzoq vaqt ishsiz qolmadi yoxud u sobiq klubiga qaytdi

  • 11 iyun, 01:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

47 yoshli muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan mutaxassis Anvar Berdievning oxirgi ish joyi “Sho‘rtan” klubi bo‘lganini bilasiz. 2023 yildan buyon ushbu klubda ishlab kelgan murabbiy yaqinda iste’foga chiqdi. Berdiev “Sho‘rtan”da 64 ta o‘yinda jamoani boshqarib, shundan 21 tasida g‘alaba qozondi. 17 bahsda durang va 26 ta uchrashuvda mag‘lubiyat qayd etildi.

Tecno

Anvar Berdiev murabbiy sifatida Farg‘onaning “Istiqlol”, “Buxoro”, “Turon” va “Sho‘rtan”da faoliyat ko‘rsatdi. Endi esa u futbolchi sifatida o‘zining qadrdon klubi hisoblangan “Neftchi” jamoasiga qaytdi. Ma’lum bo‘lishicha, “Sho‘rtan”dan ketganiga hali ko‘p bo‘lmagan Berdiev “Neftchi”ga selektsioner murabbiy vazifasida qaytdi.

Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berd va shunday yozadi:

“Anvar Qurbonivich Berdiev  1978 yilning  11 may kuni Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini 1994 yilda Muborakning "Mash’al “ klubida boshlagan. 1997 yildan „Nasaf“da davom ettirgan. 2000 yilda „Neftchi“ jamoasiga taklif etilgan Anvar Berdiev o‘zbek futbolida katta muvaffaqiyatlarga erishadi. 2001 yilda futbolchi O‘zbekiston chempioni, 2012 yilda esa chempionatning eng yaxshi to‘purarlaridan biri bo‘ladi. 2012 yil 29 dekabrda IFFHS faol o‘yinchilar orasidan dunyoning eng muvaffaqiyatli Top-divizion to‘purarlari ro‘yxatini e’lon qildi. Anvar Berdiev faoliyati davomida 433 ta o‘yinda ishtirok etib, 205 ta gol urgan holda ro‘yxatda 18-o‘rinni egalladi. 2012 yil 31 dekabrda IFFHS  yangilangan ro‘yxatini e’lon qiladi va Anvar Berdiev 240 ta gol bilan 326 nafar futbolchi orasida 296-o‘rinni egalladi.

1998 yil 24 aprelda futbolchi Ozarbayjon termasiga qarshi o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi libosida debyut o‘yinini o‘tkazdi. Jami terma jamoamiz safida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bugungi kunda 225 ta gol kiritgan Anvar Berdiev O‘zbekiston chempionatlari tarihida eng yaxshi to‘purarlardan biri hisoblanadi.

2019 yilning avgust oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagan Anvar Berdiev Farg‘onaning “Istiqlol” klubida Sergey Lebedevga yordamchi murabbiy sifatida ishga kirishadi. 2023 yildan 2025 yilning may oyiga qadar "Sho‘rtan" klubi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib bordi”, - deya xabar bermoqda “Neftchi” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!