Anvar Boynazarovning Glory 76 turniridagi raqibi ma’lum bo‘ldi

CHERY AUTO

Butunjahon muaytay hamda kikboksing olamida “The Uzbek” nomi bilan mashhur hamyurtimiz Anvar Boynazarovning navbatdagi jangiga ham aniqlik kiritildi. Yurtdoshimiz 28 mart kuni Belgiyaning Antverp shahri mezbonligidagi Glory 76 doirasida marokashlik Zakariya Zouggariga qarshi jang qiladi.

Tecno

Mazkur to‘qnashuvning ahamiyatli jihati shundaki, g‘olib yana 65 kg vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun jang qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Ushbu vaznda amaldagi chempion tailandlik Petch Kiatmukao hisoblanadi. Ma’lumki, 2019 yil iyun oyida Anvar ushbu Tailand vakili bilan mazkur titul uchun jang qilishga ulgurgan va unda ochkolar hisobiga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Ma’lumot uchun, Zouggari Glory da 5-2-0 (1 KO), umumiy esa 33-5-1(16 KO) natijaga ega. Boynazarovda esa bu ko‘rsatkich Glory da 4-5-0 (1 KO), umumiy tarzda 95-27-2 (53 KO) ko‘rinish olgan.

kkik

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!