Anvar Boynazarovning sobiq raqibi chempionlik kamarini himoya qiladi
Yarim engil vazn toifasidagi Glory chempioni Petchpanomrung Kiatmukao va RISE chempioni Kento Xaraguchi 20 iyul kuni Rotterdamda uchinchi bor to‘qnash kelishadi. Ularning jangi "Glory 93" turniri doirasida o‘tkazilib, ushbu qarama-qarshilikda Petchning unvoni xavf ostida bo‘ladi. Xabaringiz bor, hamyurtimiz Anvar Boynazarov aynan chempionlik jangida Petchga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Eslatib o‘tamiz, Petchpanomrung va Kento ikki marta ringda uchrashgan va ikki bor ham taylandlik jangchi hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra raqibi ustidan g‘alaba qozongan.



Fikrlar