
APL. 20-turda olingan eng sara suratlar orqali ishlangan fotomaqola!
Angliya Premer-ligasi mavsumning qoq o‘rtasiga etib keldi. Ikkinchi davraning boshlanishi, 20-tur o‘yinlari qiziqarli uchrashuvlar bilan birga, ba’zi sensatsiyalar bilan ham yodda qoldi. Peshqadam MYuning eng so‘nggi pog‘onadagi "Sheffild"ga mag‘lub bo‘lishi, kuchli oltilikni izma-iz ta’qib qilib kelayotgan "Aston Villa" bu mavsum o‘ziga o‘xshamayotgan "Byornli"ga engildi. Shuningdek, markaziy uchrashuvda "Liverpul" "Tottenxem" maydonidan ishonchli g‘alaba bilan ortga qaytdi. Biz ham o‘z odatimizga muvofiq, APL 20-turida olingan eng sara suratlar orqali ishlangan fotomaqolani e’tibringizga havola qilamiz.
O‘rganib qolganimizdek, ishni dezinfektsiya qilishdan boshlaymiz.
Quyi o‘nlikda borayotgan jamoalar uchrashuvi haqiqiy kurashga aylanib ketdi.
Darvozabonning bu to‘qnashuvdan keyingi holati havas qilgulik emas.
Ikkinchi qavatdagi to‘p uchun kurash avjida. Kuchli yomg‘ir o‘yin haroratini pasaytira olmadi.
Bu shunchaki futbol va fotografning mahorati.
Uilfred Zaaning ajoyib soch turmagi.
Ektor Belerin juda qulay moslashdi. Balki o‘yin biroz to‘xtab turgani ma’quldir!
Sedrik Soaresh amalga oshirgan ish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi.
Belerin o‘rnida bu safar "Fulxem" a’zosi.
Areoladan ajoyib seyv.
"Vest Bromvich" futbolchilari Raxim Sterlingni qanday to‘xtatishni muhokama qilmoqda, chog‘i.
Sterling esa, ularni dog‘da qoldirishni uddaladi.
Jamoaviy o‘yin, jamoaviy gol nishonlash.
Kay Xavertsning parvozi!
Tuxelning debyuti nursiz durang bilan yakunlandi. Tomas shogirdlari ko‘plab gollar urishiga o‘rganib qolgan.
"Endi pushaymondan zarra foyda yo‘q!"
"Byornli" - "Aston Villa" uchrashuvi ham kurashlarga boy bo‘ldi. Muhimi, to‘pni raqibga berib qo‘ymaslik.
Grilish jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi.
Brunu Fernandeshning Kay Xavertsnikidan qolishmaydigan parvozi!
Kavani yaqindagina diskvlifikatsiyadan qaytgandi. Bu ketishda Edinsondan yana biroz muddat maydonga tusha olmasligi mumkin.
Ser Aleks Fergyusonni stadionda ko‘rish juda yoqimli. Ammo u kelgan o‘yinlarda "qizil iblislar" mag‘lubiyatga uchrashi...
Tom Devisning zarbasini chiroyli rakursdan tomosha qiling.
Qanaqasiga kurashsang ham, to‘pni olib qo‘ysang bo‘ldi!
"Bepoyon bo‘shliq sari olg‘a!"
O‘yindan keyin "Everton" murabbiyi Anchelotti:"Birinchi marta Xamesning o‘ng oyoqda gol urganini ko‘rdim",-dedi.
Markaziy uchrashuv hamda chiroyli surat!
O‘z maqomiga mos tarzda, uchrashuv keskin kurashlarga boy o‘tdi. Aynan ushbu vaziyat Keynning jarohatiga sabab bo‘ldi.
O‘sha kuni mersisaydliklar Xarrini ayab o‘tirmadi.
"Jang"dan "qizillar" ham talofatsiz chiqmadi.
To‘pga intilayotgan Mane va uni kuzatayotgan Ore.
Ustoz-shogird uchrashuvi!
Fikrlar